Главная » 2013 » Июль » 5 » Dunyoning eng boy aktyorlari kimlar?
23:38
Dunyoning eng boy aktyorlari kimlar?
Gollivudning eng boy aktyorlari
kimlar?
Gollivud dunyosi aktyor va ijodkorlarning
yuksak iqtidori, mehnati va faolligini
ochib beruvchi maydon sanaladi. Yulduzlar
orasida yaxshi rollarni ijro etish uchun
raqobat katta. Ko‘pchilik aktyorlarning
daromadi haqida bilishni istaydi. Hozir
2012-yilgi sarhisob bo‘yicha Gollivudning
eng "qimmat” aktyorlari ro‘yxatini taqdim

etamiz.


Tom Kruz
50 yoshni qarshilagan amerikalik aktyor
Tom Kruz "Oltin Globus” (Golden Globe)
mukofoti bilan taqdirlangan. Ayni damda
u Gollivudning eng omadli yulduzlaridan
hisoblanadi. 2012-yil yakuniga ko‘ra u 75
million AQSh dollari ishlab topgan. Rollari:
"Yomg‘ir odam” (Rain man), "Vanilli
osmon” (Vanilla Sky), Jek Richer (Jack
Reacher), "So‘nggi samuray” (The last

samurai) va h.k.


Leonardo Di Kaprio
Gollivudning eng mashhur aktyori 1974-yil
11-noyabrda tug‘ilgan. U bir necha
marotaba nufuzli mukofotlarning
sohibidir. 2004-yilda "Aviator” filmidagi
ijrosi uchun "Eng yaxshi aktyor”
nominatsiyasi bo‘yicha "Oltin Globus”
mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ayni damda
u eng qimmat aktyorlar sirasiga kiradi. U
2012-yilda 37 million dollar gonorar
olgan. Rollari: "Titanik”, "Temir niqobdagi
odam” (The man in the Iron Mask),
"Qonli olmos” (Blood Diamond),
"La’natlangan orol” (Shutter island) va
h.k.
Adam Sendler
Aktyor, ssenariylar muallifi, musiqachi va
prodyuser Adam Sendler 1966-yilda Nyu-
Yorkda tavallud topgan. U asosan komik
rollar ijro etadi. Ayni vaqtda Adam
Sendler o‘tgan yili 37 million AQSh dollari

miqdorida daromad olgan.


Dueyn Jonson
Dueyn Jonson 2012-yil olgan 36 million
AQSh dollarlik maoshi bilan Gollivudning
eng yuqori daromad oluvchi aktyorlar
qatoriga kiradi. Rollari: "Janub
ertagi” (Southland tale), "Chayonlar
qiroli” (The Scorpion King), "Sirli orol” (The

mysterious island) va h.k.


Ben Stiller
Ben Stiller aktyorlar oilasida dunyoga
kelgan. Uning ijrosidagi komik rollar
kinoixlosmandlar tomonidan sevib
tomosha qilinadi. Shuningdek, Ben
mashhur multfilm qahramonlariga ham
ovoz beradi. U 33 million AQSh dollari
hajmida gonorar olgan. Rollari:
"Muzeydagi kecha” (Night at the
museum), "Dupleks”, "Oq va qora” (Black

and white), "Madagaskar” (Alex) va h.k.


Jonni Depp
Jonni Depp (John Christopher Depp II) 49
yoshni qarshilashiga qaramay, Gollivud
olamining eng zabardast va taniqli
yulduzlaridan biri sanaladi. Aktyor bir
qancha mukofotlar sovrindori. U 2012-yil
taxminan 30 million AQSh dollar atrofida
ishlab topgan. Rollari: "Charli va shokolad
fabrikasi” (Charlie and the Chocolate
factory), "Karib dengizi
qaroqchilari” (Pirates of The Carribean),
"Alisa mo‘jizalar mamlakatida” (Alice in
Wonderland), "Qora soyalar” (Dark

Shadows) va h.k.


Uill Smit
Uill Smit o‘zining fantastik janrdagi rollari
bilan Gollivudning eng taniqli aktyorlari
qatoriga kiradi. Daromadi 30 million AQSh
dollarini tashkil etadi. Rollari:
"Xenkok” (Hancock), "Men —
afsonaman” (I am legend), "Qora libosdagi
odamlar” (Men in Black), "Hitch uslibi” va

h.k.


Teylor Lotner
Jeykob Blek roli bilan barchaga tanish
bo‘lgan Teylor Lotner yosh yulduzlar
ichida eng talabgirlardan sanaladi. Bu
kelishgan aktyorni hech kim 21 yosh deb
o‘ylamaydi. Yosh bo‘lishiga qaramasdan,
Teylor 2012-yilda 26,5 million AQSh
dollari mablag‘i bilan eng ko‘p daromad
ko‘rgan aktyorlar o‘ntaligiga kirdi. Shu
kungacha u mahoratli rollari uchun 12 xil
sovrinlarni sohibiga aylandi. Rollari:
"Zulmat ostidagi muhabbat” ("Twilight”),
"Qotil soyasi” ("Shadow Fury”),
"Sevishganlar kuni” ("Valentine’s day”),
"Zulmat ostidagi muhabbat. Yangi
oy” ("The Twilight. Saga: New moon”) va
h.k.
Просмотров: 3622 | Добавил: DRAYK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]